Guliston davlat universiteti akademik litseyi rasmiy veb saytiga xush kelibsiz!
Litsey haqida ma'lumot


O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 1998 yil 16 iyuldagi “Yangi turdagi o’quv yurtlarini tashkil etish to’g’risida”gi №192-sonli buyrug’i, Sirdaryo viloyati o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasining 1998 yil 27 iyuldagi 20-sonli buyrug’i, Sirdaryo viloyati Guliston shahar hokimining 1999 yil 03 fevraldagi “Guliston davlat universiteti qoshidagi Guliston akademik litseyini davlat ro’yxatidan o’tkazish to’g’risida” gi №119-sonli Qaroriga asosan Guliston davlat universiteti qoshidagi Guliston akademik litseyi sifatida tashkil etilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26 sentyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish to’g’risida” gi №3290-sonli Qarori, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 10 oktyabrdagi 64-sonli qo’shma Qarori, Guliston davlat universitetining 2017 yil 14 oktyabrdagi 577-sonli buyrug’iga asosan qayta tashkil etilgan. Ushbu hujjatlarga asosan Guliston davlat universiteti akademik litseyi nomi bilan qayta nomlangan. Guliston davlat universiteti akademik litseyi Ustavi Guliston shahar hokimining 29.01.2018 yildagi 129-sonli qarori va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 19.01.2018 yil 59-buyrug’i bilan tasdiqlangan bo’lib, 02.02.2018 yilda 661130-son bilan Guliston shahar yagona darcha markazi tomonidan ro’yxatga olingan.

Ta’lim muassasasining 1-bosqichda 141 nafar o’quvchi va 2-bosqichda 286 nafar o’quvchi tahsil olmoqda. O’quv jarayoni 1 smenada tashkil qilingan. Akademik litseyda 2022/2023-o’quv yilida faoliyat olib borayotgan jami 36 nafar o’qituvchilarning, asosiy shtatda 31 nafari, ichki va tashqi o’rindoshlar 5 nafardan iborat. Unga ko’ra
– Asosiy shtatdagi 31 nafar o’qituvchilardan:
7 nafari bosh o’qituvchi;
8 nafari etakchi o’qituvchi;
12 nafari katta o’qituvchi;
4 nafari oliy ma’lumotli mutaxassis o’qituvchilardan iborat.
– Ichki va tashqi o’rindoshlik asosida faoliyat olib borayotgan 5 nafar o’qituvchilardan:
2 nafari fan nomzodi;
2 nafari Guliston davlat universiteti katta o’qituvchilari;
1 nafari etakchi o’qituvchi;
2 ta kompyuter sinf xonalari mavjud bo’lib, ular internet tarmogiga ulangan. Ta’lim muassasasida jami kompyuterlar soni 46 tani tashkil qiladi. Shundan kompyuter sinf xonalarida 30 ta va kutubxonada 6 tani tashkil qiladi. 20 ta sinf xonalari zamonaviy o’quv jihozlari bilan to’liq ta’minlangan. Jumladan, 3 ta laboratoriya xonalari: fizika, kimyo va biologiya fani laboratoriyalari hamda Janubiy Koreya va «El-xolding» firmasi tomonidan ishlab chiqilgan zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan. Bundan tashqari 10 ta o’quv honasiga video proektor o’rnatilgan bo’lib, darslar zamonaviy pedogogik texnologiyalar asosida olib borilmoqda

Manzil: O’zbekiston Respublikasi, Sirdaryo viloyati, Guliston shahri, 4-mavze
Telefon : (0367)226-57-90, faks: (0367)226-58-13 e-mail: gulakl@umail.uz
Hisob-kitob raqami: 100010860244017092500079001, bank bo’limi: «Qishloq qurilish» bank. Guliston shahri
MFO: 00014 INN: 202799296
Akademik litsey bo’ysunadigan vazirlik: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Qaysi ta’lim muassasasi negizida tashkil etilgan: Guliston Davlat universiteti

Manzil:Sirdaryo viloyati Guliston shahar 4-mavze, Guliston davlat universiteti
Telefon:+998 99 476 03 06  |  +998 97 245 86 05
Copyright © 2023 Telegram kanalimiz | Barcha huquqlar himoyalangan